11-noyabr kuni poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida start olgan shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnir bugun o‘z yakuniga yetdi. Musobaqada dunyoning 9ta davlatidan jami 104 nafar mohir shaxmatchi g‘oliblik uchun dona surishdi.
10 tur davom etgan musobaqa yakunida g‘oliblikni Rossiya Federatsiyasi vakili Sanan Syugirov qo‘lga kiritdi. U 10 imkoniyatdan 7,5 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Xuddi shuncha ochko jamg‘argan amerikalik shaxmatchi Xans Niyemann esa qo‘shimcha koeffitsiyentlarga ko‘ra 2-o‘rin bilan cheklandi. Kuchli uchlikka yana bir rus shaxmatchisi Maksim Matlakov yakun yasab berdi. U yakunda 7 ochko jamg‘ardi.
Hamyurtlarimiz orasida eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etgan Javohir Sindarov ham yakunda 7 ochko jamg‘ardi va 5-o‘rinni egalladi. O‘zbekistonlik shaxmatchilar orasida o‘z imkoniyatidan yuqori sakragan Akmal Fayzullayev ham shuncha ochko to‘pladi va bu natija bilan u xalqaro grossmeyster talabini bajarishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, “Prezident kubogi” xalqaro turnirida Nilufar Yoqubboyeva ayollar o‘rtasida grossmeyster, erkaklar o‘rtasida FIDE ustasi talablarini bajarganligi eʼtiborga molik.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!