Joriy yilning 20-iyul kuni soat 13:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Oltin tepa – Chahbud ko‘chalari chorrahasida Lacetti rusumli transport vositasi va Tracker rusumli transport vositalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. To‘qnashuvdan so‘ng Tracker haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib yo‘l chetida turgan piyodani urib yuborgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
“YTH natijasida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan, uning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”, – deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!