Avvalroq, Transport vazirligi matbuot xizmati Toshkentdan qatnaydigan barcha shaharlararo avtobus qatnovlari bekor qilingani haqida xabar bergan edi.
Ayni damda Toshkent avtovokzalidan shaharlararo avtobuslar harakati belgilangan jadval asosida amalga oshirilishi ta’minlanganligi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi.
"Ob-havo noqulayliklari tufayli avtobuslar harakati to‘xtab qolmasligi uchun barcha choralar ko‘rilmoqda.
Avtobuslar qatnovi harakat jadvali to‘g‘risidagi ma’lumotlar kundalik berib boriladi", - deyiladi vazirlikning qo‘shimcha ma’lumotida.
Bugungi qatnovlar ro‘yxati e’lon qilindi. Unga ko‘ra,
15:00 | Toshkent – Urgench chipta narxi 155 000 so‘m
16:00 | Toshkent – Qorako‘l 95 000 so‘m
17:00 | Toshkent – Uzun 135 000 so‘m
18:00 | Toshkent – Buxoro 89 000 so‘m
18:00 | Toshkent – Termiz 119 000 so‘m
18:30 | Toshkent – Xiva 155 000 so‘m
18:30 | Toshkent – Denov 125 000 so‘m
19:00 | Toshkent – Termiz 119 000 so‘m
19:30 | Toshkent – Buxoro 89 000 so‘m
20:30 | Toshkent – Buxoro 89 000 so‘m
Chiptalarni "Toshkent" avtovokzali chiptaxonalaridan hamda avtoticket.uz yagona interaktiv axborot portali orqali onlayn tarzda sotib olishingiz mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!