“Uzbekistan Airways” Toshkentdan Tokioga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 18-avgust kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkent–Tokio–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reysni amalga oshirgan. “Boeing 767” havo kemasi tongda Narita xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan.
Aviakompaniyasi 19-avgustdan boshlab Toshkent–Tokio–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni haftada bir marta – payshanba kunlari amalga oshiradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!