Toshkentning ayrim ko‘chalari bugun 31-avgust kuni transport harakati uchun yopiladi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgani sababli Yangi O‘zbekiston, Mahtumquli, Tabarruk va Cho‘lpon ko‘chalarida soat 18:00 dan 24:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati cheklanadi.
“Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, – deyiladi IIBB xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!