Bu haqda Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
Skott Bessent milliarder va yirik investor bo‘lib, bundan avval, Trampning iqtisodiy masalalar bo‘yicha bosh maslahatchisi bo‘lib ishlagan.
Bessent Trampning aksariyat iqtisodiy tashabbuslarini, shu jumladan soliqlarni kamaytirish va chet el mahsulotlariga bojlarni oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, u kriptovalyutalarning ashaddiy tarafdori.
Turli OAV materiallariga ko‘ra Bessent Trampning ko‘plab munozarali g‘oyalarini Kongress bilan muhokama qilishga tayyor.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!