Turkiyadagi GZT nashri muharrirlari Rossiyada suratga olish vaqtida huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan.
Rossiyadagi turkiy xalqlar hayoti haqida hujjatli film suratga olayotgan Kenjetay va Karachak Xakasiya Respublikasida ekstremizmga qarshi kurash bo‘limi tomonidan o‘zlari yashayotgan mehmonxona oldida xibsga olingan.
Voqea 2021-yil 16-dekabr kuni sodir bo‘lgan, jurnalistlarning buyumlari musodara qilingan, ular tomonidan suratga olingan barcha materiallar yo‘q qilingan, mahbuslarning o‘ziga nisbatan josuslik ayblovlari qo‘yilgan.
Keyin turk jurnalistlari keyingi deportatsiya qilish uchun Xakasiya poytaxti Abakandagi “vaqtinchalik xibsxona”ga olib ketilib, alohida kameralarga joylashtirilgan.
Jurnalistlarga 10 kunlik xibsdan keyin deportatsiya qilinishi aytilgan. Biroq Kenjetay va Karachakning xabar berishicha, hukumat ularni xibsda saqlash muddatini uzaytirish uchun jarayonni kechiktirmoqda.
Turkiyalik jurnalistlar saqlanayotgan “vaqtinchalik xibsxona”da inson huquqlari poymol etilmoqda. Kenjetay va Karachakning so‘zlariga ko‘ra, kameralar isitilmaydi, qorovullar kasal bo‘lsin deb ventilyatsiyani ochib qo‘yishgan, issiq suv yo‘q, ular kuniga faqat ikki marta tashqariga chiqishlari mumkin.
Shuningdek, kameralar 24 soatlik videokuzatuv ostida bo‘lib, bu ham mahbuslarning huquqlarini buzmoqda.
Ayni paytda Rossiya ommaviy axborot vositalarida Kenjetay va Karachakning go‘yoki “Rossiyaga qarshi tashviqot olib borishi, josuslik bilan shug‘ullanishi, turkiy xalqlarning Rossiya qo‘l ostida og‘ir sharoitlarda yashayotganini, islom dinini tarqatayotgani” haqidagi asossiz da’volar bilan materiallar chop etilmoqda. Biroq, Xakasiyadagi turkiylar turk jurnalistlarining ahvolini bilgan holda, Kenjetay va Karachakka ovqat va suv olib kelishadi.
Xabarda berilishicha, Kenjetay va Karachak Yoqutiston va Oltoyda ham hibsga olingan, biroq jarima to‘lagandan so‘ng qo‘yib yuborilgan.
Emin Karachak Rossiya Federatsiyasining boshqa hududlarida ular hech qanday qiyinchiliklarga duch kelmaganini, biroq turkiy xalqlar yashovchi respublikalarga kirgandan keyin Rossiya huquq-tartibot idoralari tomonidan doimiy ravishda bosimga uchraganliklarini qayd etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!