Turkiyaning Diyorbakir shahrida yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi. Bu haqda TRT nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Diyorbakirning shahrining Bismil tumanida boshqaruvdan chiqib ketgan yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketgan. Hodisa oqibatida 35 kishi jarohatlangan, 3 nafari og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda.
Avtobus boshqaruvdan chiqib, Bismil trassasida joylashgan Yuvajik qishlog‘idagi jarlikka tushib ketgan.
Voqea joyiga politsiya, sog‘liqni saqlash xodimlari va o‘t o‘chirish ekipaji yetib borgan.
Jarohatlanganlar qutqarilib, shahardagi turli shifoxonalarga yetkazilgan. Ularning umumiy sog‘lig‘i qoniqarli ekani aytilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!