Kuniga ikkitadan tuxum sarigʻi isteʼmol qilish oshqozon-ichak trakti faoliyatini ragʻbatlantiradi va suyaklarni mustahkamlashga yordam beradi. Bu haqida nutritsiolog Irina Stepnaya maʼlum qildi.
Mutaxassisning aytishicha, tuxum sarigʻi tarkibida katta miqdorda oqsil mavjud boʻlgan eng foydali mahsulotlar qatoriga kiradi. Ushbu mahsulotni sabzavotli, baliqli va goʻshtli toblamalar ichiga qoʻshish ortiqcha vazndan qutulishga ham yordam berishi mumkin. “Agar organizmingizdagi ovqat hazm qilish jarayonining yaxshilanishini istasangiz, tuxum sarigʻini kundalik taomnomaga qoʻshing”, deydi mutaxassis.
Tuxum sarigʻi oʻz tarkibida katta miqdorda D vitamini hamda temir moddasini saqlaydi. U organizm tomonidan kaltsiyning osonroq singdirilishiga yordam beradi, suyak toʻqimalarini mustahkamlaydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!