Bugun tongda boʻlib oʻtgan UFC 270 turniri yakunlariga koʻra 50 000 AQSh dollari miqdoridagi maxsus bonuslar sohibiga aylangan jangchilarning nomi maʼlum boʻldi. Bu haqda UFC maʼlum qildi.
Oqshomning eng yaxshi jangi Braziliya vakili Deyvson Figeyredo va meksikalik Brandon Moreno oʻrtasidagi jang deb topildi.
Figeredo gʻalabaga hakamlarning yakdil qaror bilan ega chiqdi (48-47, 48-47, 48-47), shu tariqa u yengil vazn toifasida chempion boʻldi.
Eng yaxshi uslub uchun bonuslarni rossiyalik Said Nurmagomedov (birinchi raundda u Kodi Stamannni boʻgʻish uslubi bilan magʻlub etdi) va amerikalik Vanessa Demopulos (u raqibi Silvana Xuareni ogʻriqli ushlab turish orqali magʻlub etdi) lar qoʻlga kiritishdi.
Eslatib oʻtish mumkin, shouning asosiy jangida ogʻir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni, franko-kamerunlik jangchi Frensis Ngannu vaqtinchalik chempionlik unvoni sohibi, fransiyalik Siril Ganni magʻlub etib, chempionlik kamarini oʻzida saqlab qoldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!