Amerikalik UFC jangchisi Maks Xolluey tashkilotning yarim yengil vazn toifasi chempioni Aleks Volkanovski bilan jang qilishi kerak boʻlgan UFC 272 turnirida ishtirok etishdan bosh tortdi, deb yozadi insayder Brett Okamoto oʻzining Twitter sahifasida.
Manbaga koʻra, Xollouey mashgʻulotlarda eski jarohatini ogʻirlashtirgan, shu sababli u jangdan voz kechishga qaror qilgan.
Volkanovski va Xolluey oʻrtasidagi jang turnirning asosiy jangi maqomi uchun yetakchilik qilishi kerak edi. Endi esa ushbu maqomga eng koʻp daʼvogar rossiyalik Pyotr Yan va amerikalik Aljemeyn Sterling oʻrtasidagi bellashuv boʻlib turibdi.
Maʼlumot oʻrnida, Volkanovski aralash yakkakurashlarda 23 ta jang oʻtkazgan, ularning 22 tasida gʻalaba qozongan va bittasida magʻlubiyatga uchragan.
Xollouey esa oʻz navbatida, MMAda 29 ta jang oʻtkazib, ularning 23 tasida gʻalaba, 6 tasida magʻlubiyat qayd etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!