Ijtimoiy tarmoqlar orqali mashhurlikka erishgan ukrainalik mushuk – Stepan Kann festivalining “World Influencers and Bloggers” xalqaro mukofotiga sazovor boʻldi. Mushuk Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari boshlanganidan keyin mamlakat mustaqilligi va ozodligi uchun kurash timsoliga aylangan.
Mushuk taqdirlash marosimiga taniqli bloger Khaby Lame hamrohligida tashrif buyurgan. Stepan Ukraina bayrogʻi tasviri aks etgan boʻyinbogʻ taqib olgan.
“World Influencers and Bloggers Awards” – xalqaro mukofot boʻlib, dunyoning eng yaxshi inflyuyenser hamda blogerlariga topshiriladi. Mukofotning birinchi taqdirlash marosimi 2019-yilning may oyida Kann kinofestivalida oʻtkazilgan.
Stepanning sahifasi uning sohibasi tomonidan yuritiladi. Mushukning obunachilari soni 1,3 million kishidan oshgan. Yoqimtoy “bloger” “Valentino” modalar uyi bilan reklama masalasida hamkorlikni boshlab yuborgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!