Joriy yilning 25-dekabr kuni Oʻzbek futbolida “Yilning eng yaxshilari”ni taqdirlash marosimi oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan, OʻzPFL qator nominatsiyalar boʻyicha yakuniy nomzodlarni eʼlon qildi. Unga koʻra, Ayollar Oliy ligasida yilning eng yaxshi futbolchisi boʻlishga quyidagi nomzodlar eʼlon qilindi:
Diyora Habibullayeva (“Soʻgʻdiyona-W”) — 19 oʻyin, 32 gol;
Umida Zoirova (“Bunyodkor-W) — 22 oʻyin, 5 gol;
Fuseina Mumuni (“Soʻgʻdiyona-W”) — 21 oʻyin, 31 gol.
Pro liganing “Eng yaxshi futbolchisi” boʻlish uchun:
Roʻzim Ahmedov (“Xorazm”/“Dinamo”) — 19 oʻyin, 12 gol;
Marko Obradovich (“Neftchi”) — 19 oʻyin, 12 gol;
Alisher Odilov (“Olimpik”) — 22 oʻyin, 10 gol.
Coca-Cola Superligada. Eng yaxshi murabbiy boʻlishga yakuniy nomzodlar esa
Roʻziqul Berdiyev (“Nasaf”) — Oʻzbekiston Superkubogi ishtirokchisi, Oʻzbekiston Coca-Cola kubogi sohibi;
Piter Xyuistra (“Paxtakor”) — Oʻzbekiston Superkubogi sohibi, Coca-Cola Superliga chempioni, Oʻzbekiston Coca-Cola kubogi finalchisi;
Ulugʻbek Baqoyev (“Soʻgʻdiyona”) — Coca-Cola Superliga vitse-chempioni.
Qayd etish joiz, mazkur nufuzli marosim 2021-yilning 25-dekabr sanasida, soat 18:00da “Renaissance Hall (ZOʻR TV) da boʻlib oʻtadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!