UzAuto Motors avtomobillarini Livanga eksport qilishni boshladi.
Kompaniya Livandagi eng yirik avtomobil dilerlaridan biri – IMPEX kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Xabarda aytilishicha, martning so‘nggi kunida kompaniya Livanga 54 dona LT, AT komplektatsiyali Spark avtomobillarining birinchi partiyasini yubordi. Keyinchalik Yaqin Sharq bilan ushbu hamkorlikni yana-da kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Maʼlumot uchun, UzAuto Motors so‘nggi yillarda Qozog‘iston, Ozarbayjon, Tojikiston, Ukraina, Belarus, Afg‘oniston va Rossiya bozorlariga o‘z avtomobillari bilan kirib bormoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!