O‘zbekistonda General Motors guruhining Chevrolet avtomobillarini ishlab chiqaruvchi UzAuto Motors kompaniyasi sanksiyalarga rioya qilish doirasida mamlakatning eng yirik savdo sherigi bo‘lgan Rossiyaga eksportni to‘xtatgani xabar qilinmoqda.
Eurasianet.org mustaqil nashri bu xabarni General Motors guruhining Detroytdagi shtab-kvartirasiga tayanib maʼlum qilmoqda.
Nashrning yozishicha, bunga kompaniyaga keltiriladigan yarimo‘tkazgich va mikrochiplarning Janubiy Koreyadan olib kelinishi sabab bo‘lgan.
Gap shundaki, Janubiy Koreya davlati ham Ukrainaning hududiy yaxlitligiga tahdid sababli Rossiyaga qarshi G‘arb sanksiyalariga qo‘shilgan. O‘z-o‘zidan mamlakatda ishlab chiqarilgan yarimo‘tkazgichlar va mikrochiplar ham Rossiya hududiga kirishi mumkin emas.
Shunday qilib, agar UzAuto Motors Rossiya Federatsiyasiga avtomobil jo‘natishda davom etsa, uning Andijondagi zavodiga butlovchi qismlar yetkazib berish to‘xtatiladi. So‘nggi paytlarda busiz ham kompaniya ehtiyot qismlarni yetkazib berishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan edi.
Nashr kompaniya Matbuot kotibi bu haqda maʼlumot berishni istamaganini yozmoqda.
“Ammo GMning Detroytdagi shtab-kvartirasida aniqlik kiritildi. Unga ko‘ra, UzAuto Motors 2022-yil 9 martdan boshlab Chevrolet avtomobillarini Rossiyaga eksport qilishni to‘xtatgan”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!