“Top Gan: Meverik” blokbasteri Tom Kruzning ijodiy faoliyatidagi eng muvaffaqiyatli va kassabop loyiha deb tan olindi. U jahon kinoprokatidan 806 million AQSh dollari miqdorida foyda olgan va ushbu koʻrsatkich boʻyicha “Uddalab boʻlmas topshiriq: Natija” filmini (791 million dollar) ortda qoldirib ketgan.
“Top Gan: Meverik” ayni vaqtda jahonning eng yirik 23 ta kino bozori, jumladan Buyuk Britaniya, Avstraliya, Braziliyada namoyish etilayotgan mashhur loyihalardan biri boʻlib turibdi. U “Paramount Pictures“ning bir qator mamlakatlardagi eng kassabop loyihasiga ham aylangan.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, loyihaning jahon kinoprokatidan olingan daromadida Xitoy yoki Rossiyaning ulushi mavjud emas. Filmning Janubiy Koreyadagi taqdimoti shu haftaga rejalashtirilgan. Tom Kruz koreyalik muxlislarga filmni taqdim etish uchun mamlakatga shaxsan oʻzi bormoqchi.
Tahlilchilar “Top Gan: Meverik” Tom Kruzning jahon kinoprokatidan milliard dollar daromad oladigan ilk filmi boʻlishini taxmin qilmoqdalar.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!