NASA “Xabbl” teleskopi tomonidan olingan yangi suratni taqdim etdi. Unda “NGC 3631”, ulug‘vor dizayndagi spiral galaktika ko‘rsatilgan. Bu atama deyarli mukammal shakldagi spiral galaktikalarni tavsiflaydi. “NGC 3631” Yerdan 53 million yorug‘lik yili uzoqlikda bo‘lib, “Katta ayiq yulduzi” turkumida joylashgan.
Ushbu turdagi galaktikalarning faqat 10 foizigina to‘g‘ri shaklga ega bo‘ladi.
Surat yaratish uchun ikkita “Xabbl” kamerasi ma’lumotlaridan foydalanilgan: tasvir yaqin ko‘rinishi uchun “Advanced Camera” ma’lumotlarni ko‘rinadigan yorug‘likda to‘plagan va “Wide Field Camera 3” infraqizil va ultrabinafsha diapazonlarida ishlagan.
Ushbu mukammal tasvir barcha olingan ma’lumotlarni birlashtirish orqali hosil qilingan. Bu NASA olimlariga “NGC 3631”ning katta spiral qo‘llarini ko‘rish imkonini bergan, rasmda to‘q chang yo‘laklari va ichki qism bo‘ylab yangi yulduzlarning yorqin hududlari ko‘rsatilgan – ular fotosuratda yorqin ko‘k rangda.
Qayd etilishicha, so‘rovlar uchun ilg‘or kamera “Xabbl” kamerasi bo‘lib, asosan ko‘rinadigan yorug‘lik diapazonida ma’lumotlarni suratga olish uchun ishlatiladi, bu inson ko‘zi bilan bir xil diapazon hisoblanadi. U 2002 yilda teleskopga o‘rnatilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!