Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni va Eagle FC ligasi egasi Xabib Nurmagomedov futbol agentligi ochdi.
"Futbol yo‘nalishida rivojlanamiz. Biz Klarens Zeyedorf bilan birgalikda Rossiyada maktablar ochishni rejalashtirmoqdamiz. Kompaniyamiz sport klublari uchun konsalting xizmatlarini taqdim etadi. Hali ishimiz ko‘p. Agar 15-16 yoshingda kuchli jamoada o‘ynamasang, hech narsa bo‘lmaydi. Biz ularni boshqaramiz, boshqa liga jamoalari bilan shartnomalar imzolaymiz, bular BAA, Saudiya Arabistoni, balki Yevropa chempionatlari hamdir” – deydi Nurmagomedov.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!