“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes Kataloniya klubi rahbariyati bilan uchrashuv tafsilotlari bilan oʻrtoqlashdi, unda tarkibni kuchaytirish masalasi muhokama qilingan.
“Tarkib doimo yaxshilanib borishi kerak. Transfer oynasi yaqinlashmoqda va bu imkoniyat. Biz rahbariyat bilan koʻp muloqot qilamiz. Bu galgi uchrashuv juda samarali boʻldi.
Men aniq edim. Moliyaviy muammolar bor, lekin biz jamoani, tarkibni yaxshilash va raqobatbardosh boʻlishi uchun harakat qilishimiz kerak”, — dedi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib oʻtamiz, “Barsa” YeChLning pley-off bosqichiga chiqa olmadi va klub 17 yil deganda yana Yevropa Ligasida oʻynaydigan boʻldi.
Maʼlumot uchun, ayni paytda “koʻk-anorranglilar” La Liga turnir jadvalida 23 ochko bilan 8-oʻrinni band etishgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!