“Barselona” bosh murabbiyi Xavi La Liganing 14-turida “Espanyol”ga qarshi bahsdan so‘ng (1:0) o‘z fikrlarini bildirdi.
“Men hozir baxtliman. Ishim avvalida qiyinchilikka duch kelishim haqida gapirishgan edi, ammo hozir barchasi yaxshi.
Bundan so‘ng oson g‘alabalar bo‘lmaydi.
Yana temp qo‘shishimiz kerak. Ochig‘i, muxlislarning kuchi katta dalda berdi va bu futbolchilarga ta’sir ko‘rsatdi.
Eng muhimi, uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Birinchi bo‘limda kamchiliklar ko‘zga tashlandi, lekin ochiq zonalar paydo bo‘lganda qanday harakat qilishni har doim ham tushunmadik.
Oldinda bizni juda ko‘p ishlar kutib turibdi. Ishni g‘alaba bilan boshlaganingda hammasi osonroq bo'ladi”, - deydi Xavi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!