“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Kataloniya klubi prezidenti Joan Laportni qoʻllab-quvvatladi.
- Laportaning transfer bozoridagi optimizmiga sherikmisiz?
- Ha, men uning fikriga qoʻshilaman. Men juda optimistman. Men uning ambitsiyalarini yaxshi koʻraman va ularni maʼqullayman. Biz qaytish uchun ishlayapmiz. Biz Chempionlar ligasi zonasiga yaqinmiz. Bu oson emas, lekin biz “Barsa”ni munosib joyga qaytarish uchun koʻp harakat qilyapmiz. Biz toʻgʻri yoʻldamiz.
“Tayyor boʻling, “Barsa” qaytdi”. Laportaning bunday soʻzlari haqida nima deya olasiz?
Albatta, biz pozitsion oʻyinga, oʻz modelimizga qaytyapmiz. Ferran Torres transferi..? Ha, biz yangi oʻyinchilarni taklif qilish boʻyicha kelishuvlar ustida ishlayapmiz. Biz kuniga 24 soat ishlaymiz.
Biz prezidentga ergashishimiz kerak, bu juda ijobiy xabar. Agar biz tushkunlikka shoʻngʻisak, undan yaxshi narsa chiqmaydi. Bu holatda ijobiy boʻlishimiz va bu kabi vaziyatga qarshi turishimiz kerak. Prezident yetakchilik qilmoqda va menimcha, uning fikrlari juda yaxshi”, — deydi Xavi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!