Xitoy rasmiylari amerikalik tadbirkor Ilon Maskka tegishli SpaceX xususiy kosmik kompaniyasi ustidan BMTning Koinot ishlari bo‘yicha boshqarmasiga shikoyat qilgan.
Ma’lum qilinishicha, Ilon Mask tomonidan Starlink loyihasi doirasida iyul va oktyabr oylarida uchirilgan sun’iy yo‘ldoshlar Xitoy qurayotgan “Tyangun” kosmik stansiyasiga xavfli darajada yaqinlashgan. Natijada Xitoy apparati o‘z trayektoriyasini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan.
Shuningdek, ikkala hodisa paytida ham kosmik stansiyada xitoylik astronavtlar bo‘lgan. Xitoy tomonining fikricha, yuz bergan hodisalar amaldagi kosmik shartnomalarning buzilishidir.
Xususan, Pekinning bayonoti ortidan Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida Ilon Maskning SpaceX va Tesla kompaniyalarini boykot qilishga chaqiriqlar yangray boshlagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!