Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Yi Rossiyaning yadro urushi mumkin emasligi haqidagi pozitsiyasini "oqilona va mas'uliyatli" deb atadi. Bu haqda u Balidagi G20 sammitida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
“Xitoy eʼtiborni Rossiya yaqinda yadro urushi mumkin emas va qabul qilib boʻlmasligi haqidagi maʼqullangan pozitsiyasini yana bir bor tasdiqlaganiga qaratdi, bu Rossiyaning oqilona va masʼuliyatli pozitsiyasidir”, — dedi xitoylik diplomat.
Avvalroq Van Yi Lavrovga Pekin Rossiyaning G20 va boshqa xalqaro tashkilotlardan chiqarilishiga qarshi ekanini aytgan edi.
“Biz Rossiyaning G20 va boshqa xalqaro platformalar doirasidagi munosib rolini qo‘llab-quvvatlaymiz”, dedi vazir ikki tomonlama uchrashuvda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!