Shandun universiteti olimlari mamlakatning sharqiy qismidan dunyodagi eng qadimiy choy qoldiqlarini topib oldilar.
Damlangan choy qoldigʻi Shandun viloyatining Szouchen shahridagi qadimiy maqbara ichidan topilgan.
Namunalar eramizdan avvalgi 453-410 yillarga tegishli. U Xitoydagi choy ichish madaniyati Kurashayotgan podsholiklar davrining ilk bosqichida paydo boʻlganini isbotlaydi. Bu avvalgi tadqiqot xulosalaridan 300 yilga farq qiluvchi koʻrsatkich.
Choy yaproqlarining qurib qolgan qoldiqlari teskari agʻdarilgan finjon ichidan topilgan.
Tadqiqotlar choy qoldigʻi tarkibida kofein va teanin miqdori nisbatan kamroq ekanligini koʻrsatgan. Ushbu moddalar suvda erib ketish xususiyatiga ega ekani tufayli tadqiqotchilar topilmaning damlangan choy qoldigʻi ekanligi haqidagi xulosaga kelganlar.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!