Dortmundning “Borussiya” klubi jamoa hujumchisi Erling Xolandni tarkibda yana bir yil saqlab qolishga harakat qilmoqchi.
“Sky Sport Germany” nashrining yozishicha, dortmundliklar norvegiyalik forvardni olib qolish uchun uning maoshini ikki baravarga oshirishga tayyor.
Erlingning hozirgi vaqtdagi maoshi 8-9 million yevroni tashkil etadi. Yangi shartnomaga koʻra u 16-18 million yevro maosh olishi koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, “Borussiya” yangi shartnoma boʻyicha tovon pulini 2022-yilda emas, 2023-yildan kuchga kirishini yo‘lga qo‘yadi. Xolandning oʻzi esa bu taklifni oʻylab koʻrishini aytgan.
Eslatib oʻtamiz, futbolchining “asalarilar” bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilga qadar moʻljallangan. Uning ayni damdagi taxminiy transfer summasi 150 million yevroni tashkil etadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!