$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
24° Kechasi 12°

Xorijiy tillarni o‘rganish miya qarishini sekinlashtiradimi?

15:53 / 29.09.2022

Ma’lumki, doimiy faoliyati bo‘lmagan katta yoshli insonlarning miyasi ertami-kechmi qariy boshlaydi. Ammo olimlar ushbu jarayonning oldini olish uchun nimalar qilishi kerakligini aniqladi. Ularning fikriga ko‘ra, ikki tilning muntazam qo‘llanilishi miyani faol bo‘lishga undaydi va  qarishning oldini oladi. 

Xo‘sh, miya nima uchun qariydi? Bu savolning javobi modda almashinuvining buzilishi, umumiy qilib aytganda metabolik sindrom hisoblanadi. Miya qarishi borasida olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, olimlar ingliz va xitoy tilida so‘zlashuvchi 60 yoshdan 84 yoshgacha bo‘lgan keksalarni tanlab olishdi. So‘ngra ulardan bir nechta kompyuterlashtirilgan vazifalarni bajarish talab etildi. 

Ishtirokchilarga 4 xil vazifa topshirilgan bo‘lib, ular aynan ikki til bilan bog‘liq edi. Olimlar qariyalarning harakati hamda ma’lumotlarni qayta ishlash tezligini nazorat qilib borishdi. Tahlil natijasiga ko‘ra, kundalik hayotda ikki tildan foydalanish miya faoliyatiga samarali ta’sir qilishi isbotlandi. Dunyo miqyosida olib borilgan tekshiruvlardan xulosa shuki, ikki tilda so‘zlashish miya qarishini kechiktiruvchi omil sanaladi. 

Lekin aksariyat insonlar ikki tildan xabardor bo‘lsa-da, ishda yoki kundalik hayotda faqatgina bittasidan foydalanishadi, ya’ni ikkinchi tilda so‘zlashishga imkon bo‘lmasligi mumkin. Masalan, ko‘pchilik o‘quvchi va talabalik davridayoq til o‘rganishga kirishadi, mukammal egallaydi ham. Ammo o‘rganilgan tilda muntazam suhbatlashib turilmasa, yillar davomida unutilib ketishi mumkin. Bu hodisaga balki o‘zingiz ham guvoh bo‘lgandirsiz.

Yosh o‘tgandan so‘ng til o‘rganish esa biroz qiyinroq. Sababi, xotiraning pasayishi, turli xil xastaliklar, jamiki qarilik alomatlari bunga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shu sababdan yoshlik chog‘ida olingan mustahkam bilimlarni asrab qoling. Qanday qilib deysizmi? Buning yechimi oson, eng avvalo, turli kasalliklar kelib chiqmasligi uchun tanada moddalar almashinuvini me’yorda ushlashga doimo harakat qiling. 

Miya qarimasligi borasida esa qo‘llanilmayotgan ikkinchi tilda quyidagi ketma-ketlikni amalga oshirishni kundalik hayotingizga kiritib qo‘ying:
- hujjatli hamda badiiy filmlar tomosha qilish; 
- musiqa tinglash; 
- audiokitoblar tinglash; 
- adabiyotlar o‘qish; 
- vaqti-vaqti bilan shu tilda so‘zlovchilar bilan muloqotda bo‘lish. 

Unutmang, bu topshiriqlarning barchasi aynan, siz biladigan, ammo kam qo‘llanilishi natijasida yodingizdan chiqib borayotgan tilda bo‘lishi kerak. Bu vazifalar miyangiz qarishini kechiktiradi hamda ikkinchi tilni mukammal o‘zlashtirishga imkon yaratadi.


Foydali


														
														Yuz yoshdan oshish mumkin, agar...

Yuz yoshdan oshish mumkin, agar...

Tadqiqotchilar ushbu usul 120-yilgacha umr ko‘rishni ta’minlovchi muhim omilga aylanishi mumkin, deyishmoqda.
10:26 / 03.04.2024

														
														Terining tez qarishiga nimalar sabab bo‘ladi?

Terining tez qarishiga nimalar sabab bo‘ladi?

Buning uchun kunlik menyuda teriga foydali bo‘lgan oziq-ovqat va vitaminlar yetarli miqdorda bo‘lishi kerak.
13:35 / 27.03.2024

														
														Magnit bo‘roni vaqtida nima qilish kerak?

Magnit bo‘roni vaqtida nima qilish kerak?

Qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.
15:40 / 25.03.2024

														
														JSST: Dunyoda vaboga qarshi vaksinalar taqchilligi kuzatilmoqda

JSST: Dunyoda vaboga qarshi vaksinalar taqchilligi kuzatilmoqda

Qayd etilishicha, uch yildan buyon sayyoramizda mazkur epidemiya bilan bog‘liq vaziyat tobora yomonlashyapti.
14:44 / 25.03.2024

														
														Uzoq umr ko‘rish shartlari

Uzoq umr ko‘rish shartlari

Ekspert fikricha, uzoq va sog‘lom hayotga yetaklovchi yana bir muhim omil to‘g‘ri ovqatlanish.
10:01 / 20.03.2024

														
														Limonning siqib olingan suvi sepkillarni ketkazadi

Limonning siqib olingan suvi sepkillarni ketkazadi

Terini yoshartiruvchi tavsiyalar
11:20 / 19.03.2024

														
														Qon tomirlarining ichini ko‘rish imkonini beruvchi sensor kashf etildi

Qon tomirlarining ichini ko‘rish imkonini beruvchi sensor kashf etildi

Tadqiqot muallifi Ley Sining ta’kidlashicha, bu tibbiyotda amaliy foydalanish uchun mos bo‘lgan dunyodagi birinchi fotoakust…
15:55 / 18.03.2024

														
														Navro‘z munosabati bilan kinosaroylarda bepul film ko‘rishingiz mumkin

Navro‘z munosabati bilan kinosaroylarda bepul film ko‘rishingiz mumkin

Bayram tuhfasi sifatida filmlarning kinoteatrlardagi namoyishi 18-24-mart kunlari o‘tkaziladi.
16:24 / 17.03.2024

														
														BYD yangi “urush” boshlamoqda

BYD yangi “urush” boshlamoqda

BYD 2 ming km masofani bosib o‘tish imkonini beruvchi gibrid avtomobillarini ishlab chiqmoqchi.
14:04 / 15.03.2024

														
														Qozog‘istonda surrogat onalikdan kimlar foydalana oladi va qancha turadi?

Qozog‘istonda surrogat onalikdan kimlar foydalana oladi va qancha turadi?

Surrogat onani topishning ikkinchi varianti - reproduktiv tibbiyot klinikalari.
15:13 / 03.03.2024

Bu ham qiziq

Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Bu haqida viloyat Matbuot xizmati maʼlum qildi.
15:20 / 25.04.2024
Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 24-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ing…
00:34 / 24.04.2024
Kongo Respublikasida maymunchechak epidemiyasi e’lon qilindi

Kongo Respublikasida maymunchechak epidemiyasi e’lon qilindi

Bu haqda Reuters xabar berdi.
15:01 / 25.04.2024
Amerikaliklar uysizlar uchun jarimaga qarshi chiqishmoqda

Amerikaliklar uysizlar uchun jarimaga qarshi chiqishmoqda

Faollar “uysizlikni jinoyat deb hisoblash” konstitutsiyaga zid deb umid qilmoqda.
15:44 / 24.04.2024
“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

Rossiya parlamentining quyi palatasi spikeri Shvetsiyada yangi qonun o‘z fuqarolarining fikriga zid ravishda qabul qilinganl…
11:30 / 25.04.2024
15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

Bunda ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga oshmoqda.
20:20 / 25.04.2024
Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Yetkazib berish Iordaniya Qurolli Kuchlari va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
18:08 / 25.04.2024
Tanzila Narbayeva AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva 24-aprel kuni AQSHning Yuta shtati Senati raisi Styuart Adams boshchiligidagi del…
10:21 / 25.04.2024
Endi kameralar suratga qarab she’rlar yaratadi

Endi kameralar suratga qarab she’rlar yaratadi

Kamera uning obyektiviga nima kirganini tom ma’noda tasvirlaydi.
09:23 / 25.04.2024
Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
09:58 / 24.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!