Bugun 23-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining “Buyuk Ipak yo‘li” bekati suv ostida qolgani, lekin, suv toshqiniga qaramay poyezdlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv bosgan relslar bo‘ylab o‘tib, jadval bo‘yicha harakatlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. "Toshkent Metropoliteni" DUK holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
“Barchamizga ma’lumki ayni kunlarda “Toshissiqquvvati” DUK tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, “Buyuk ipak yo‘li” metro bekatining yuqori qismidan o‘tgan issiqlik quvurlariga sinov tariqasida suv yuborilishi natijasida diametri 400 lik bo‘lgan quvur ishdan chiqib, “Buyuk ipak yo‘li” bekatiga suv sizib o‘tgan”,— deyiladi xabarda.
Shuningdek, ayni vaqtda quvurlarda suv to‘xtatilgan va mas’ul xodimlar tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilayotgani hamda poyezdlar harakati doimiy jadval asosida harakatlanayotgani bildirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!