“Real Sosyedad” yarim himoyachisi Adnan Yanuzay faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin.
Belgiyalik futbolchining agenti Mino Rayola “Sosyedad” bilan shartnomasini uzaytirishni xohlamayotgan mijozini “Barselona”ga taklif etdi. Kataloniyaliklar ustozi Xavi bu taklifni o‘ylab ko‘rish uchun vaqt so‘ragan.
Agarda mutaxassisga Yanuzay varianti to‘g‘ri kelsa, u yanvardayoq “Nou Kamp”da to‘p surishi mumkin. Futbolchining hozirgi jamoasi “Real Sosyedad” uni tekin qo‘yib yuborishdan ko‘ra, bir necha millionga sotishni afzal bilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!