Hodisa 2021-yil 17-dekabr Osaka shahrining markazida yuz bergan. Yong‘in klinika joylashgan ofis binosining to‘rtinchi qavatida boshlangan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, uning tashrif buyuruvchilari va xodimlari yong‘in ichida qolgan.
Ma’lum bo‘lishicha, guvohlar uy tomidagi karnizlarda yordam so‘ragan odamlarni ko‘rishgan.
Voqea joyiga 30 dan ortiq o‘t o‘chirish brigadalari yetib kelgan. Yarim soatdan keyin yong‘in nazoratga olingan.
Shuningdek, 19 kishining o‘limi rasman tasdiqlangan. Yana 8 nafarining ahvoli “yurak va o‘pka faoliyatining to‘xtashi” deb tashxislangan. Yaponiyada, odatda, bu so‘z shifokorlar tomonidan o‘limni e’lon qilishdan oldin aytiladi.
Xabarda berilishicha, politsiya o‘t qo‘yish versiyasini ko‘rib chiqmoqda. Guvohlarning aytishicha, keksa odam binoga olib kirgan paketdagi suyuqlik yonib ketgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!