Yaponiyalik olim Meydzi Miyasita ekranda namoyish etilayotgan taom mazasini tomoshabinga yetkazib bera oladigan televizor prototipini ixtiro qildi.
Tokiolik professor va uning 30 nafar talabasidan iborat ixtirochilar guruhi tomonidan yaratilgan televizorga “Taste the TV” deb nom berilgan. Televizorda maʼlum bir taom namoyish etilayotgan vaqtda uning ekraniga til uchi tekkizilsa, odam aynan oʻsha taomning mazasi qanday ekanligini his qiladi. Shu tariqa tomoshabin televizor orqali namoyish etilayotgan taomni uning mazasi qanday ekanligini avvaldan bilgan holatda buyurtma qila oladi.
Televizorga oʻndan ortiq kichik konteynerlar joylashtirilgan boʻlib, ular ichidagi aromatizatorlar syujetga mos ravishda kerakli kombinatsiyani yetkazib beradi. Taʼm aralashmalari televizor ekranidagi gigiyenik plyonka orqali tomoshabinga uzatiladi.
“Bizning vazifamiz odamlarga uylaridan turib, oʻzlarini dunyoning narigi chekkasidagi restoranda ovqatlanayotgandek his qilishlariga imkon berishdir”, deydi professor. U pandemiya sharoitida bunday texnologiya odamlar uchun juda foydali ekanligini taʼkidlab oʻtgan.
Ixtirochilarning aytishlaricha, bu kabi televizorlarning bir donasini 875 AQSh dollaridan sotish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!