Yaponiyaning Nomaʼlum uchar jismlar (NUJ) ni tadqiq qilish xususiy instituti oʻzga sayyoraliklarning haqiqatdan ham mavjud ekanligini isbotlashi mumkin boʻlgan 450 dan ortiq dalil toʻpladi.
Olimlari foto va videodalillarni ommaga taqdim etishgan. Maʼlum boʻlishicha, maxsus kompyuter dasturlari yordamida ularning soxta yoki haqiqiy ekanligi tekshirib koʻrilgan. Institut vakillari dalillar orasidagi 125 ta surat va 24 ta videoyozuvda NUJ aks etgan degan xulosaga kelganlar.
“Koʻrib turganingizdek, bu qushlar emas. Biz katta ehtimol bilan oʻzga sayyoraliklarni suratga oldik”, deydi institut rahbari Takexaru Mikami.
Suratlarning birida likopcha shaklidagi qora obyektni aniq koʻrish mumkin. Videomateriallarda u och rangda koʻzga tashlanadi. Institut tomonidan taqdim etilgan materiallarning birida esa uchar obyekt oq shar koʻrinishda namoyon boʻlgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!