$
12705.00 UZS
-6
136.11 UZS
-0.2
13543.53 UZS
5.04
22° Kechasi 10°

Yevropa Ittifoqi Qirg‘iziston va Tojikistonni o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilishga chaqirdi

10:57 / 18.09.2022

Yevropa Ittifoqi Qirg‘iziston va Tojikistonni o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilishga chaqirdi. Bu haqda tashkilotning tashqi ishlar xizmati saytida chop etilgan bayonotda ma’lum qilindi.

“Umumiy chegara bo‘ylab keskinlashuv mintaqaviy barqarorlikka zarar keltiradi. Yevropa Ittifoqi ikki mamlakatning o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuvini olqishlaydi. Biz har ikki tomonni ushbu kelishuvining imkon qadar tezroq amalga oshirilishini ta’minlashga va keskinlikni pasaytirish va mavjud kelishmovchiliklarga uzoq muddatli yechimga erishish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishga chaqiramiz”, – deyiladi bayonotda.

Yevroittifoq ham mintaqada barqarorlikka erishish uchun yordam berishda davom etish niyatida ekanini tasdiqladi.

Avvalroq Tojikiston va Qirg‘iziston chegara hududlarida o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya etilishini nazorat qilish uchun qo‘shma komissiya tuzgan edi. Bu qaror Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Saymo‘min Yatimov va qirg‘izistonlik hamkasbi Qamchibek Tashiyev boshchiligidagi ikki davlat delegasiyalari o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida qabul qilingan.

Komissiyaga Tojikistonning So‘g‘d viloyati rahbari Rajabboy Ahmadzoda va Qirg‘izistonning Botken viloyati raisi Abdikarim Alimboyev rahbarlik qiladi. Qayd etilishicha, komissiya allaqachon ish boshlagan.

Shu kuni Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari Sadir Japarov hamda Imomali Rahmon chegaradagi vaziyatni muhokama qilgan. Ular tegishli tuzilmalarga o‘t ochishni to‘xtatish, kuch va vositalarni to‘qnashuv chizig‘idan olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishga kelishib oldilar.

Qayd etish mumkin, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida 16 sentyabrga o‘tar kechasi vaziyat keskinlashgan. Qirg‘iz-tojik chegarasining butun perimetri bo‘ylab qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Qirg‘iziston chegara xizmati tojik askarlari qirg‘iz chegara otryadlarini o‘qqa tutgani haqida xabar berdi. O‘z navbatida, Tojikiston chegara xizmati qirg‘iz harbiylarini ularning bir qator aholi punktlariga hujum qilganlikda aybladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qurolli to‘qnashuvlar chog‘ida yaralangan Qirg‘iziston aholisi soni 87 kishiga yetgan. Shuningdek, 18 mingdan ortiq respublika fuqarolari to‘qnashuv zonasidan evakuasiya qilingani haqida ma’lumot berildi.


Siyosat


														
														Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Bu haqda “Independent” xabar berdi.
16:21 / 22.04.2024

														
														Prezident BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Prezident BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari bilan sheriklik kengayib borayotganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidlad…
19:18 / 15.04.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan strategik sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ilgari surish muhimligini qayd etdi
18:57 / 15.04.2024

														
														O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda - TIV

O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda - TIV

O‘zbekiston tomoni barcha taraflarni bosiqlikka, harbiy harakatlarni davom ettirishdan tiyilishga hamda mojaroni eng qisqa f…
13:56 / 15.04.2024

														
														Ilon Mask Amerika hukumatini tanqid qildi

Ilon Mask Amerika hukumatini tanqid qildi

“AQSh Ukrainaga haddan tashqari e’tibor qaratmoqda”.
15:40 / 05.04.2024

														
														Moskvadagi terakt yuzasidan uch kishi qo‘lga olindi

Moskvadagi terakt yuzasidan uch kishi qo‘lga olindi

Rossiya agentliklari Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotiga asoslanib xabar qilmoqda.
13:38 / 05.04.2024

														
														“Rolex ishi” bo‘yicha Peru prezidentining uyi tintuv qilindi

“Rolex ishi” bo‘yicha Peru prezidentining uyi tintuv qilindi

Bu haqda bosh vazir Gustavo Adrianzen ma’lum qildi.
09:39 / 31.03.2024

														
														TIV rahbari Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati mansabdorlari bilan uchrashdi

TIV rahbari Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati mansabdorlari bilan uchrashdi

Uchrashuvlarda iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun eng qula…
09:31 / 13.03.2024

														
														O‘zbekiston TIV rahbari Yaponiya Bosh vaziri qabulida bo‘ldi

O‘zbekiston TIV rahbari Yaponiya Bosh vaziri qabulida bo‘ldi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida qabulida bo‘ldi.
10:45 / 08.03.2024

														
														Gurbanguli Berdimuhamedovdan Shavkat Mirziyoyev nomiga maktub keldi

Gurbanguli Berdimuhamedovdan Shavkat Mirziyoyev nomiga maktub keldi

Gurbanguli Berdimuhamedov Oʻzbekiston Prezidentiga mustahkam sogʻliq, farovonlik, faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Oʻzbeki…
15:05 / 23.02.2024

Bu ham qiziq

Nensi Pelosi: Netanyaxu iste’foga chiqishi kerak, u tinchlikka to‘sqinlik qiladi

Nensi Pelosi: Netanyaxu iste’foga chiqishi kerak, u tinchlikka to‘sqinlik qiladi

Bu haqda u “Six One News”ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
18:00 / 24.04.2024
Tayvanda bir kunda 80 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi

Tayvanda bir kunda 80 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi

Tayvan ob-havo xizmatining xabar berishicha, o‘tgan kecha orolning Sharqiy qirg‘og‘ida 80 dan ortiq zilzilalar sodir bo‘lib,…
09:42 / 23.04.2024
Dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobil taqdim qilindi

Dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobil taqdim qilindi

Ulardan biri old tomonda, qolgan ikkitasi esa orqa tomonda joylashgan.
09:35 / 24.04.2024
Amerikaliklar uysizlar uchun jarimaga qarshi chiqishmoqda

Amerikaliklar uysizlar uchun jarimaga qarshi chiqishmoqda

Faollar “uysizlikni jinoyat deb hisoblash” konstitutsiyaga zid deb umid qilmoqda.
15:44 / 24.04.2024
Yerevanda Turkiya va Ozarbayjon bayroqlari yoqib yuborildi

Yerevanda Turkiya va Ozarbayjon bayroqlari yoqib yuborildi

Qayd etilishicha, 2000-yildan beri Armanistonda shunga o‘xshash tadbirlar har yili o‘tkaziladi.
12:55 / 24.04.2024
G‘azodagi qurbonlar soni 34 151 nafarga yetdi

G‘azodagi qurbonlar soni 34 151 nafarga yetdi

So‘nggi 24 soat ichida anklavning yana 54 nafar fuqarosi halok bo‘lgan.
12:51 / 23.04.2024
Malayziyada ikkita vertolyot to‘qnashib ketishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Malayziyada ikkita vertolyot to‘qnashib ketishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Favqulodda vaziyatga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.
15:13 / 23.04.2024
Buxoroda 5 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi

Buxoroda 5 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi

Bu kameralar yon-atrofni 360 darajada tasvirga oladi.
16:58 / 24.04.2024
Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
09:58 / 24.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!