Yevroittifoq Qoraqalpogʻistonda Oʻzbekiston Konstitutsiyasi islohotlaridan keyin sodir boʻlgan zoʻravonlik voqealarini ochiq va mustaqil tergov qilish tarafdori.
“Prezident Mirziyoyev tomonidan taklif etilayotgan Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan jamoatchilikning xavotirlariga tezkorlik bilan munosabat bildirish boʻyicha koʻrilgan choralarni eʼtirof etamiz.
Biz barcha tomonlarni kuch yoki zoʻravonliklarni davom ettirishning oldini olish maqsadida oʻz harakatlarida vazminlik koʻrsatishga chaqiramiz.
Yevropa Ittifoqi rasmiylarning Oʻzbekiston xalqaro majburiyatlariga muvofiq inson huquqlari, jumladan, soʻz erkinligi kabi asosiy meʼyorlarni kafolatlashidan umidvor.
Ittifoq Oʻzbekiston bilan mustahkam va rivojlanib borayotgan hamkorlikka ega. Biz Oʻzbekistonning islohot borasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash tarafdorimiz va uni xalqaro normalar, ilgʻor tajribalar asosida fuqarolar hamda manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashgan holda ushbu jarayonni davom ettirishga chaqiramiz”, – deyiladi Ittifoq munosabatida.
Mavzuda doir: Shavkat Mirziyoyev Sharl Mishel bilan telefon orqali suhbatlashdi
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!