Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Xorazm viloyati Urganch shahrida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 12-may kuni soat 14:30 larda Al-Xorazmiy-Sheroziy-Gʻ.Gʻulom ko‘chalari kesishgan chorrahada 1949-yilda tug‘ilgan haydovchi A.A. boshqaruvidagi Lada-2194 rusumli va 1986 yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvidagi Isuzu rusumli avtobus ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida avtobus yo‘lovchilari, 1961-yilda tug‘ilgan M.M. hamda 2000-yilda tug‘ilgan M.O‘.lar tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, Lada-2194 rusumli avtomobil haydovchisi olgan tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Urganch shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!