IIV Tezkor qidiruv departamenti xodimlari tomonidan ayollarni xorijiy valyutada baholab turli mijozlarga intim xizmatlar koʻrsatish uchun sharoit yaratib bergan hamda yosh qizlarni xorijiy mamlakatlarga olib borib, tazyiq va zoʻravonlik ostida ularni majburan shahvoniy ekspluatatsiya qilib kelgan guruhlar faoliyatiga chek qoʻyilgan.
Xususan, joriy yil 7-mart kuni tegishli idoralar xodimlari bilan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 3 200 AQSh dollari evaziga Boʻstonliq tumanidagi dala hovlilardan biriga mijozlar bilan jinsiy aloqa qilish uchun qoʻl ostidagi qizlardan 5 nafarini olib kelib berayotgan jinoiy guruh qoʻlga olingan.
28-mart kuni oʻtkazilgan tezkor qidiruv tadbirida esa kuzatuvdagi yana bir jinoiy guruh ikki nafar shaxsni Rossiya federatsiyasining Qozon shahriga fohishalikka ishlatish uchun Fargʻona xalqaro aeroporti orqali yuborayotgan vaqtida ushlangan.
4-aprel kuni Toshkent va Xorazm viloyatlarida yashovchi 2 nafar qizni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Dubay shahriga yuborayotgan jinoiy guruh qoʻlga olingan.
Maʼlum qilinishicha, hozirda ushbu guruhlar tomonidan shahvoniy ekspluatatsiya qilish maqsadida olib ketilgan boshqa qizlarning shaxsini aniqlash ishlari davom ettirilmoqda.
Aniqlangan holatlar boʻyicha, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!