$
12689.97 UZS
-15.03
137.20 UZS
1.09
13557.96 UZS
14.43
22° Kechasi 10°

Yulduzli oilalarda dunyoga kelgan omadli sohibjamollar

19:08 / 08.01.2022

Bizning qahramonlar butun dunyoga mashhur yulduzlarning oilasida dunyoga kelgan, ota-onalaridan bir necha million dollarlik boylik bilan birga goʻzallik va iqtidorni ham meros qilib olgan qizlar. Ular bolalik yillaridanoq yulduzlar safida koʻrinish berishadi, jiddiy loyihalar ustida ishlashadi. Katta ehtimol bilan bir necha yil ichida jahon yulduzlari roʻyxatida ularning ham ismi tilga olina boshlaydi.

Xelen Boshoven

Xelen Boshoven 17 yoshga toʻlib-toʻlmay nufuzli “Vogue” jurnalining muqovasidan joy olishni uddaladi. Buning hayratlanarli jihati yoʻq aslida, chunki u taniqli supermodel Xaydi Klumning qizi. Yosh modelda onasidan oʻtgan goʻzallik va harakatchanlik mujassamlashgan.

Deva Kassel

Deva Kassel – aktrisa Monika Belluchi va aktyor Vensan Kasselning qizi. U ayni vaqtda bor-yoʻgʻi 17 yoshda, ammo modellik faoliyatini bir necha yil oldin boshlab ulgurgan. Uni mashhur jurnallar uchun fotosessiyalarga taklif etishadi.

Kayya Gerber

Supermodel Sindi Kroufordning qizi Kayya Gerber bugungi kunda 19 yoshda va taniqli modellar qatorida podiumlarga chiqa boshlagan. Bundan tashqari, yosh model filmlarda suratga tushishni ham kanda qilmayapti. Tez orada uni Gollivudning mashhur yulduzlari orasida koʻrsak ajab emas.

Blu Ayvi

Xonanda Beyonse va reper Jey-Zining toʻngʻich qizi Blu Ayvi hali juda yosh. Shunga qaramay, qizaloq mashhur ota-onasidan oʻrnak olgancha, bir nechta qoʻshiq yozib ulgurganiga nima deysiz? Kelgusida uning ham sahna bilan bogʻliq yoʻnalishda ketishiga shubha yoʻq.

Keri Duglas

Aktrisa Ketrin Zeta-Jons va Maykl Duglasning 19 yoshli qizi Keri modellik olamiga qadam qoʻygan. U onasi bilan birga yulduzli davralarga tashrif buyuradi, moda namoyishlarida ishtirok etadi, suratga olish jarayonlarida ham faollik koʻrsatadi.

 



														
														“Sevgi iztirobi” serialidagi Nihonning qizi Deniz hozir qanday ko‘rinishda?

“Sevgi iztirobi” serialidagi Nihonning qizi Deniz hozir qanday ko‘rinishda?

“Sevgi iztirobi” seriali 2015-2017-yillarda suratga olingan bo‘lib, bosh rollarda Burak O‘zchivit, Neslihan Atagul, Kaan Urg…
10:42 / 19.03.2024

														
														“Deadpool 3” filmining birinchi tizeri e’lon qilindi

“Deadpool 3” filmining birinchi tizeri e’lon qilindi

Premyera shu yilning yoz oyiga rejalashtirilgan.
11:34 / 12.02.2024

														
														Koronavirus haqidagi o‘zbek filmi tizeri e’lon qilindi

Koronavirus haqidagi o‘zbek filmi tizeri e’lon qilindi

Hozircha kinokartina premyerasi sanasi ma’lum emas.
17:48 / 07.02.2024

														
														“Apollon Krid” vafot etdi

“Apollon Krid” vafot etdi

Aktyor Karl Uezers 76 yoshida vafot etdi.
13:11 / 03.02.2024

														
														Bred Pitt Kventin Tarantinoning so‘nggi filmida rol ijro etishi mumkin

Bred Pitt Kventin Tarantinoning so‘nggi filmida rol ijro etishi mumkin

G‘arb nashriyotlarida aktyor yana bosh qahramonlardan birini ijro etadi degan xabarlar urchimoqda.
12:16 / 02.02.2024

														
														UFC yulduzi Konor Makgregor o‘zini aktyorlikda sinab ko‘rdi

UFC yulduzi Konor Makgregor o‘zini aktyorlikda sinab ko‘rdi

Striming platformasida 21-mart kuni ommaga taqdim qilinadi.
12:45 / 26.01.2024

														
														“Avatar: Aangning so‘nggi afsonasi” premyerasi ma’lum qilindi

“Avatar: Aangning so‘nggi afsonasi” premyerasi ma’lum qilindi

Filmning to‘liq premyerasi 22-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
16:25 / 25.01.2024

														
														2024-yilgi “Oskar” mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi

2024-yilgi “Oskar” mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi

Amerika kino san’ati va fanlari akademiyasi 2024-yilgi “Oskar” mukofotiga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.
16:14 / 24.01.2024

														
														Garri Potterning yangi qismlari suratga olinadi

Garri Potterning yangi qismlari suratga olinadi

Televizion va striming kompaniyasi ssenariy mualliflari uchun tanlov jarayonini boshlaganini ma’lum qildi.
14:38 / 22.01.2024

														
														Kun tarixi: Zulfiqor Musoqov millat farzandi

Kun tarixi: Zulfiqor Musoqov millat farzandi

Kinorejissyor “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi” unvoniga sazovor bo‘lgan.
09:48 / 19.01.2024

Bu ham qiziq

Ginnes rekordlar kitobi nega aynan shunday nomlangan?

Ginnes rekordlar kitobi nega aynan shunday nomlangan?

Ginnes o‘zi kim? Kitobning yaratilish tarixi.
15:39 / 22.04.2024
Erdo‘g‘an: Netanyaxu – “zamonamizning Gitleri”

Erdo‘g‘an: Netanyaxu – “zamonamizning Gitleri”

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini yana bir bor tanqid qildi. U Isroil bos…
10:55 / 24.04.2024
Yuz minglab argentinaliklar prezident Xaver Mayli siyosatiga qarshi namoyishga chiqdi

Yuz minglab argentinaliklar prezident Xaver Mayli siyosatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar mamlakat hukumatidan ta’limni bepul qoldirishni talab qilmoqda.
15:48 / 24.04.2024
Dunyoda ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning deyarli beshdan bir qismi chiqindiga ketadi

Dunyoda ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning deyarli beshdan bir qismi chiqindiga ketadi

Qayd etilishicha, chiqindilarning asosiy qismi (60%) uy xo‘jaliklaridan chiqadi.
17:26 / 24.04.2024
Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
09:58 / 24.04.2024
Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Sud hujjatlarida ko‘rsatilishicha, ular tez-tez janjallashib turgan.
17:53 / 24.04.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

Unda eng ertakchi Xitoy davlati bo‘lmoqda.
12:43 / 23.04.2024
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

U 25-28-aprel kunlari oralig‘ida bo‘lishi mumkin.
12:58 / 23.04.2024
O‘zbekistondagi 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

O‘zbekistondagi 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

Shuningdek, u va milliy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan.
17:17 / 23.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!