Yurakning normal ishlashini ta‘minlash uchun dietaga qanday ovqatlar kiritilishi kerak? Mutaxassisning fikricha, yurak mushaklari kasalliklarining oldini olish uchun muntazam ravishda dengiz baliqlarini iste’mol qilish kerak. Bundan tashqari, kurka go‘shti, mol go'shti va yog‘siz parranda navlari yurakka foyda keltiradi.
Shu bilan bian birga, yurakni mustahkamlash uchun dukkakli ekinlar va yangi meva va sabzavotlar, xususan, pomidor, baqlajon, sabzi va barcha turdagi karamlar dietaga kiritilishi kerak. Kaliyga boy quritilgan mevalar, ayniqsa quritilgan o‘riklar, shuningdek, magniy o‘z ichiga olgan yong‘oqlar va jo‘xori uni ham foyda keltiradi.
Kardiologlarning ta’kidlashicha, sog‘lom yurakka ega bo‘lishni istaganlar spirtli ichimliklardan voz kechishlari, shuningdek, yog‘li, shirin va kraxmalli ovqatlar iste’mol qilmasliklari kerak. Jismoniy mashqlar qilish, vaznni nazorat qilish va bosimni nazorat ostida ushlab turish juda muhimdir.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!