Paleontologlar Tailandda topilgan fanga noma’lum yirtqich dinozavrning skeletini “Siamraptor suwati” deb nomlashdi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, dinozavrning bu turi karxarodontozavr turiga tegishli. Bu ulkan kaltakesaklarning uzunligi, taxminan, 13 metrga, og‘irligi esa 15 tonnaga teng. Yirtqichlarning jag‘lari qaychiga o‘xshash, tishlarining o‘lchami 20 santimetrga yetadi.
Topilma to‘rt hayvonning bosh chanog‘i, umurtqasi va tanasining ayrim qismlari suyaklaridan iborat. “Life” nashrining yozishicha, hali janubi-sharqiy Osiyoda ularning butun skeletlari topilmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!