$
12658.19 UZS
-100.17
161.44 UZS
-1.9
14672.11 UZS
-148
42° Kechasi 26°

Uyda ishlash imkoniga ega serdaromad kasb egalari bilan tanishing...

09:31 / 29.03.2020

Bugun koronavirus epidemiyasi deyarli hammani uyga “qamab qo‘ydi”. Ishidan, biznesidan ayrilayotganlar oz emas. Ba’zi kasb egalarining esa hayot tarzi o‘zgargani yo‘q. Avvalgiday ishlashda va mo‘maygina daromad olishda davom etmoqda. Keling, bugun ular kimligini bilib olamiz. Ehtimol, bu kasblardan birini egallash haqida o‘ylab ham ko‘rarsiz? 

Kopirayter

So‘zdan mahorat bilan foydalanishni bilsangiz, internet makonida sizga doim ish topiladi. Maktabda insholarni yaxshi yozarmidingiz? Unda kuchingizni kopirayterlik sohasida sinab ko‘ring. Sayt uchun oddiy matnlardan tortib reklama shiorlarigacha yoki mahsulotni targ‘ib qilish ssenariylarigacha – turli xizmatlar sizni kutib turibdi. Kompaniyalar yangi loyiha, ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki xizmatlar haqida yaxshi matnlarga doim muhtojlik sezadi. Kopirayter bo‘lish uchun jurnalistlik mutaxassisligiga ega bo‘lishingiz shart emas, muhimi – so‘zlarni boshqara olish. Daromadingiz, albatta, ish miqdoringiz va uning sifatiga bog‘liq.

Web-dasturchi

Mutaxasisligingizni yaxshi egallasangiz, ishingiz doim ko‘p bo‘ladi. Hech bir to‘laqonli sayt Web-dasturchilarsiz mavjud bo‘lolmaydi. Kasbni egallashingiz uchun jiddiy ta’lim olishingizga to‘g‘ri keladi. Universitetni bitirmasangiz ham, mustaqil o‘qib-izlanishdan to‘xtamasligingiz kerak. Sifatli o‘quv dastrurlarini topish esa oson emas. 

Web-dizayner

Surat chizishni yoqtirasiz va buni yaxshi eplaysizmi? Unda ushbu kasb sizga maqul kelishi mumkin. Faqat, rassom nigohi kamlik qiladi, texnik bilimlar ham talab etiladi. Ikkisini birlashtirsangiz, talabgor kasb egasiga aylanishingiz mumkin. Ish borasida topshiriqlaringiz har doim mo‘l bo‘ladi.
Shuningdek, bu ishda dasturchi bilan birga ishlay olishingiz lozim. Kasbni egallash borasida web-dasturchilarning vaziyatidagi singari mustaqil ta’lim olishingiz mumkin.

Illyustrator

Rassomchilik qobilyatingizni to‘la namoyon qilishingiz mumkin bo‘lgan kasb. Bugun illyustratorlarga muhtoj bo‘lgan sohalar ko‘p: nashriyot ishi, reklama poligrafiyasi, internet-bannerlari, multiplikatsion roliklar va boshqalar.
Buyurtmachilar har xil bo‘ladi, sizning ijodiy erkinligingizni inobatga olmaydiganiga uchrab qolsangiz, aytilgan muddatda, ilhomni kutib o‘tirmasdan buyurtmani bajarishingiz lozim.
Bugun logotip chizuvchi illyustratorlarning daromadi ancha yaxshi. Axir logotip kompaniyaning yuzi – u sifatli va e’tibor jalb qiladigan bo‘lishi uchun, buyurtmachilar kattagina miqdorda to‘lov qilishga ham tayyor.

Arxitektor

Bugun masofaviy tarzda arxitekturaviy xizmatlarni tadqim etuvchilarga talab katta. Ko‘pchilik bino dizayni ustida bosh qotiradigan zamon axir. Arxitektorlar bitta kichik xonani loyihalashdan tortib, butun bir inshoot loyihasini ham yaratishi mumkin. Xizmat haqi anchagina miqdorni tashkil qiladi. Biroq bu darajaga yetguncha, yaxshi ta’lim olishingiz va ko‘z quvnatadigan portfolioga ega bo‘lishingiz kerak.

Yurist

Bugun yuristlar ham bemalol masofaviy tarzda, jumladan, uyda ishlashi mumkin. Qonunlarni yaxshi bilasizmi? Mijozlarni qiyin vaziyatlardan olib chiqib keta olasizmi? Unda o‘zingizga yoqqan tashkilotlarga yoki shaxslarga xizmatlaringizni taklif qiling. Barcha sohada qonunga oid savollar bo‘lishi va mutaxassisga ehtiyoj tug‘ilishi tabiiy.

Repetitor

Biror fanni yaxshi bilsangiz va uni yaxshi tushuntira olsangiz – sizdan ajoyib repetitor chiqishi mumkin. Malakangiz yetarli ekaniga isbot tariqasida diplom yoki sertifikatlaringizni taqdim etsangiz bo‘ladi. Nafaqat uyingizga o‘quvchilarni chaqirib dars o‘tish, balki internet orqali ham dars o‘tish yo‘llari haqida o‘ylab ko‘ring. Bugun onlayn ta’lim – rivojlanib borayotgan yo‘nalishlardan biri.

Bloger

Bugungi kunning eng mashhur kasblaridan biri. Yo qiziqarli hayotingiz bilan yoki biror sohani qiziqarli tushuntirib berishingiz bilan odamlar e’tiboriga tushishingiz mumkin. Blogerlik xobbi bo‘lgan taqdirda ham yaxshigina daromad va ajoyib insonlar bilan tanishish imkonini beradi. Ko‘pincha reklama qilish orqali blogerlar daromad ko‘radi.

SMM-mutaxassis

SMM (Social Media Marketing) – kompaniyalarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntini yuritish va targ‘ib qilishdir. Bundan maqsad – mijozlar sonini oshirish. SMM-mutaxassis xizmat yoki mahsulot haqida qiziqarli postlar tayyorlaydi, turli tanlovlarni tashkillashtiradi, amaliy maslahatlar beradi. So‘nggi yillarda bu soha egalariga talab oshmoqda, biroq sifatli ta’lim beruvchi kurslarni topish qiyinroq.

Sarvinoz Omonova


Bu ham qiziq

Ukraina Rossiyaning bir qancha hududlariga dron hujumlarini uyushtirdi

Ukraina Rossiyaning bir qancha hududlariga dron hujumlarini uyushtirdi

Kecha tunda Ukraina dronlari Rossiyaning bir qancha shaharlariga hujum uyushtirdi. Hujum natijasida Sheremetyevo va Domodedo…
12:54 / 19.07.2025
Los Anjeles-2028 olimpiadasining musobaqalar jadvali va arenalar nomi e’lon qilindi

Los Anjeles-2028 olimpiadasining musobaqalar jadvali va arenalar nomi e’lon qilindi

Yopilish marosimi AQSh Kolizeyi nomini olgan arenada o‘tkaziladi
19:53 / 18.07.2025
Ukraina Rossiyaga asirlar almashinuvini taklif etdi

Ukraina Rossiyaga asirlar almashinuvini taklif etdi

Gap sovet davridagi yodgorlik haqida ketmoqda
22:29 / 17.07.2025
Janubiy Koreyada suv toshqinlari yuz berdi

Janubiy Koreyada suv toshqinlari yuz berdi

Hukumat aholiga yuqori darajadagi ogohlantirish bilan chiqdi
22:44 / 18.07.2025
Dam olish kunlari harorat 45 darajagacha ko‘tariladi

Dam olish kunlari harorat 45 darajagacha ko‘tariladi

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
15:05 / 18.07.2025
Bank plastik kartasi orqali pora olgan bojxona inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bank plastik kartasi orqali pora olgan bojxona inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi chegara blok-postida sodir bo‘lgan
18:32 / 18.07.2025
Istanbul-Toshkent yo‘nalishida uchgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi

Istanbul-Toshkent yo‘nalishida uchgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi

Bugun, 19-iyul kuni, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY282 reysida, Istanbul — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz va…
16:00 / 19.07.2025
Bektemir tumanida “zakladchiklar” qo‘lga olindi

Bektemir tumanida “zakladchiklar” qo‘lga olindi

Hozirda Ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda
22:22 / 18.07.2025
18-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

18-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 23-25 daraja iliq, kunduzi 40-42 daraja issiq bo‘ladi
21:25 / 17.07.2025
O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston savdo uyi tashkil etiladi

O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston savdo uyi tashkil etiladi

Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh mayda shoxli mollar olib kelinib, 2029-yil yakuniga qadar ularni 1 mln boshga ye…
16:55 / 19.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!