$
12658.19 UZS
-100.17
161.44 UZS
-1.9
14672.11 UZS
-148
42° Kechasi 26°

Bajarayotgan ishingizdan zavq oling

13:20 / 29.11.2015

Yozuvchi Mark Menson insonning ishiga bo‘lgan ishtiyoqi, bajarayotgan ishiga ehtiyoji bormi va bu borada nimalarga e'tibor berish kerakligi haqida mulohaza yuritadi.

Fikrimizcha, uning mulohazalari ko‘pchilikka o‘zini tushunishda va mashg‘ul bo‘lgan ishiga qay darajada yondashish kerakligini anglashda yordam beradi. Quyida Mensonning maqolasida keltirilgan fikrlar bilan tanishish imkoniga egasiz.

—    Bolalik davringizni eslang. Siz biror ishni bajarayotganda uning foyda-zarari va uni qanday amalga oshirish haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Miyangizda: “futbolning beysbolga nisbatan qanday afzalliklari bor?” degan fikr tug‘ilganmi? Yo‘q, aslo, siz sport maydonida yugurgansiz, beysbol va yoki futbol o‘ynagansiz. Qumdan qasrlar qurgansiz, quvlashmachoq o‘ynagansiz. Almoyi-aljoyi savollar bilan xiralik qilgansiz, ishtiyoq bilan maysalar orasini titkilagansiz va o‘zingizni quvurdan chiqqan maxluq ko‘yiga solgansiz.

Birov sizga nimadir qilish kerakligini aytmagan; shunchaki, o‘zingiz xohlaganingizni bajargansiz. Ana shunda haqiqatdan ham go‘zal narsalar sodir bo‘la boshlagan. Agar sizga birdaniga beysbol yoqmay qolsa, siz o‘z-o‘zidan uni o‘ynamay qo‘ygansiz. Bu holatda hech kim xafa bo‘lmagan va siz bilan bahslashmagan.

Ba'zan kattalarga poyintar-soyintar savollaringiz bilan murojaat qilganingizda ham, siz o‘zingizdan hech “Men bema'nilik bilan shug‘ullanmayapmanmikin? Do‘stlarim bunday qilmayapti, balki, men ham bunday qilmaganim ma'quldir? Bu hol mening kelajagimga salbiy ta'sir ko‘rsatmasmikin?” deya  so‘rab ko‘rganmisiz?

Bugun men boshqa insonlar qatori “O‘z hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun nima qilish kerak va sevimli inson o‘z mashg‘ulotini qanday topadi?” degan savol bilan murojaat qilgan bir insondan taxminan 11504-maktubni oldim.

Ammo, men javob bermadim. Nima uchun, deysizmi? Axir men buni qayerdan ham bilishim mumkin?! Agar o‘zingiz hayotingizni yaxshilash uchun qanday yo‘l tutishni bilmasangiz, nega veb-saytdagi qandaydir galvars sizga yordam bera oladi, deb o‘ylaysiz? Men yozuvchiman, folbin emas!

Barcha odamlar o‘z maktublarida hech narsaga qiziqmasliklarini va o‘zlariga ko‘ngildagidek mashg‘ulot topa olmayotganliklarini aytib shikoyat qiladilar. Men bu shikoyatlarni bema'nigarchilik, deb hisoblayman. Siz o‘z qiziqishingizni topgansiz, shunchaki, unga e'tibor qaratishga urinmayapsiz. Axir yaxshilab o‘ylab ko‘ring, siz 16 soatni befoyda o‘tkazish uchungina uyg‘onasizmi? Ehtimol, siz kun davomida nima bilandir mashg‘ul bo‘lasiz, sizda suhbatlashish uchun sevimli mavzularingiz ham bor. Ammo, sizning kundalik yumushlaringiz orasida kundan-kun zo‘r ishtiyoq bilan qaytadigan ishingiz yo‘q emas albatta.

Sizning qiziqishingiz – shundoqqina ro‘parangizda turibdi, ammo siz buni tan olishni istamaysiz. Ehtimol siz aytarsiz: “Ha, men turli markalar, suratlar yig‘ishni sevaman, ammo bu hisob emas. Bu mashg‘ulotdan pul topib bo‘lmaydi”. Chindanmi? Harakat qilib ko‘rganmisiz?

Siz mashg‘ulotingizga nisbatan o‘zingizda kuchli xohish yo‘q, deb hisoblaysiz. Aslida muammo sizni bu vaziyatga qanday qarashingizda.

Aksariyat hollarda siz: “Yo‘q, aslo, bu mumkin emas” yoki “Mening otam va onam bu bilan shug‘ullanishimga norozi, ular mening shifokor bo‘lishimni istashadi”, degan xayollarga borasiz. Vaholanki, aynan mana shunday paytlarda siz o‘zingizga haqiqatda nima yoqishini unutib qo‘yasiz. Qiziqishlar ustunliklarga joy bo‘shatadi. Negadir ko‘pchilik “inson o‘z ishiga kuchli muhabbatni his qilishi kerak, aksincha bo‘lishi mumkin emas”, deb hisoblaydi. Biz aynan shunday mashg‘ulotni qidiramiz va uni topishda zarur maslahatlarga ehtiyoj sezamiz.

 Mening fikrimcha, siz ishingizni hamkasblaringiz orasida bir juft yaxshi insonlar borligi uchungina yoqtirishingiz mumkin. Vaholanki, o‘z qiziqishlaringizga bo‘sh vaqt ajratishingiz mumkin. Men o‘ta yangi narsani gapirmadim, to‘g‘rimi? Lekin negadir ayrim insonlar bu haqida unutib qo‘yadi.

Yana bir muhim tomoni  — har bir ish, hatto eng sevimlisi ham, ba'zan butunlay bijg‘igan bo‘lib chiqadi. Dunyoda ko‘nglingizga tegmaydigan ishning o‘zi yo‘q. Masalan, men o‘z ishimni yaxshi, deb bilaman, ammo shu paytgacha uning taxminan o‘ttiz foizini yomon ko‘raman. Ba'zi kunlarda esa ko‘proq qismini.

Hayot shunday.

Hamma gap — istaklaringizda. Agar siz deyarli xar bir soniyasini o‘zining sevimli ishiga bag‘ishlagan Stiv Jobs kabi ishxonada yetmish soat ishlash va uxlashni istasangiz, demak, siz juda ko‘p yomon filmlarni tomosha qilgansiz. Agar siz har kuni yangi ish kunidan zavqlanib uyg‘onishingiz va tungi ko‘ylakda raqsga tushish kerak, deb o‘ylasangiz, demak sizni shafqatsizlarcha aldashibdi. Hayotda unday bo‘lmaydi. Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi!

Aniq misol: onlayn-savdosida uch yildan beri biznesini tashkil qilishga urinayotgan do‘stim bor. Ishida natija bo‘lmayapti. Shunga qaramay, u baribir davom etyapti va vaqti-vaqti bilan boshlagan ishiga yangi kuch to‘plab qaytishga urinyapti. U bu mashg‘ulotiga samimiy zavq bilan vaqt ajratishiga qaramay, negadir buni sevimli ish, deb hisoblamaydi.

Men har kuni unga o‘xshash haqiqiy qiziqishlari mavjud emas, deb hisoblaydigan ko‘pgina insonlarni uchrataman. Ammo, ularga izlashning keragi yo‘q. Sevimli ishining o‘zi ularni allaqachon izlab topdi. Biroq, ular uni beshafqatlarcha inkor etmoqdalar. O‘sha ishning layoqatliligiga va istiqbolli rivojiga ishonmaydilar.

Shuningdek, men doimo elektron pochta orqali “Qanday qilib yozuvchi bo‘lish mumkin?” degan savollar bitilgan maktublar olaman. Mana mening javobim: “Bu borada men hech bir narsa deya olmayman – men bilmayman!”. Men hech qachon yozuvchilikni yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan mavqe sifatida baholamaganman. Men hatto buni o‘z xobbiyim deb ham hisoblamaganman. Mening haqiqiy qiziqishim musiqa, siyosat hamda falsafa bo‘lgan. Men shunchaki, nimani his qilsam, shuni yozganman. Lekin, men ish izlaganimda, uzoqqa ko‘z tashlashga hojat bo‘lmagan. U meni o‘zi izlab topdi.

Ba'zi insonlarning jig‘iga tegadigan yana bir muhim tomoni, agar sizga hamma yerdan o‘z qiziqishlaringizni izlashga to‘g‘ri kelsa, demak, sizda hech narsaga ishtiyoq yo‘q. Aksincha, siz nimagadir qiziqsangiz – bu sizning hayotingizning ajralmas bo‘lagi bo‘ladi va siz uni sizga to‘g‘ri kelish yo kelmasligini o‘ylamaysiz ham.

Men forumlarda 2000 so‘zli xabarlar yozganimda ham bu haqida o‘ylamaganman. Bu haqida o‘zining onlayn-do‘koni uchun logotip ishlab chiqarayotgan do‘stim ham o‘ylab o‘tirmaydi. Shunchaki bu  mashg‘ulot unga yoqishini tan olishni xohlamaydi.

Bizning qiziqishlarimiz hayotimizning tabiiy bo‘lagiga aylanib qoldi.

Tan oling, bola o‘yin maydonchasidan borarkan, “Xo‘sh, qanday qiziqarli mashg‘ulot bilan shug‘ullansam ekan?” deb o‘ylab o‘tirmaydi. U tabiiy xohish bilan boradi va vaqtichog‘lik qiladi.

Agar siz qandaydir qiziqish izlayotgan bo‘lsangiz, uni topganingizda hech qanday zavq olmaysiz. Sevimli ishingiz o‘ylaganingizdan ham juda yaqinda – u sizni allaqachon izlab topgan. Siz esa bilib turib uni payqamayapsiz.


Bu ham qiziq

Kolumbiya prezidenti: “NATO bilan ortiq hamkorlik qilmaymiz”

Kolumbiya prezidenti: “NATO bilan ortiq hamkorlik qilmaymiz”

Siyosatchi Gaaga shahridagi xalqaro anjumanda bu masalaga to‘xtalib o‘tdi
20:36 / 17.07.2025
O‘zbekiston xalqaro munosabatlar uchun kerakli nuqtaga aylanmoqda

O‘zbekiston xalqaro munosabatlar uchun kerakli nuqtaga aylanmoqda

Bu haqda “Forbes” jurnalining maqolasida so‘z borgan
20:00 / 17.07.2025
Buxgalteriya xizmatlariga talab sezilarli darajada oshdi

Buxgalteriya xizmatlariga talab sezilarli darajada oshdi

2025-yilda buxgalterlar ko‘rsatgan xizmatlar narxi 1 milliard so‘mdan oshgan
21:19 / 17.07.2025
Ukraina Rossiyaning bir qancha hududlariga dron hujumlarini uyushtirdi

Ukraina Rossiyaning bir qancha hududlariga dron hujumlarini uyushtirdi

Kecha tunda Ukraina dronlari Rossiyaning bir qancha shaharlariga hujum uyushtirdi. Hujum natijasida Sheremetyevo va Domodedo…
12:54 / 19.07.2025
Namanganda islomiy davlat qurishni targ‘ib qilganlar ushlandi

Namanganda islomiy davlat qurishni targ‘ib qilganlar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan …
09:30 / 19.07.2025
Kobulda Transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha uch tomonlama kelishuv imzolandi

Kobulda Transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha uch tomonlama kelishuv imzolandi

Yo‘lak savdoni yaxshilaydi va janubiy portlar orqali jahon bozorlariga yangi yo‘llar ochadi.
12:20 / 18.07.2025
Ukraina Rossiyaga asirlar almashinuvini taklif etdi

Ukraina Rossiyaga asirlar almashinuvini taklif etdi

Gap sovet davridagi yodgorlik haqida ketmoqda
22:29 / 17.07.2025
Toshkent metropoliteniga 14 ta yangi poyezd olib kelinadi

Toshkent metropoliteniga 14 ta yangi poyezd olib kelinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda metro vagonlarida havoning issiqligi yuzasidan shikoyat qilgan yo‘lovchining murojaati keng tarqalmoqda.
16:22 / 18.07.2025
Bank plastik kartasi orqali pora olgan bojxona inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bank plastik kartasi orqali pora olgan bojxona inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi chegara blok-postida sodir bo‘lgan
18:32 / 18.07.2025
O‘zbekistonda chet el sarmoyalari ishtirokidagi korxonalar soni 20,2% ga oshgan

O‘zbekistonda chet el sarmoyalari ishtirokidagi korxonalar soni 20,2% ga oshgan

Chet el sarmoyalarining kirib kelishi bo‘yicha Xitoy davlati ancha oldinda
21:24 / 18.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!