UzAuto Motors Damas va Labo’ning yangilangan modellarini taklif etmoqda

  • 14:49 / 02.07.2021
  • 558

“UzAuto Motors” kompaniyasi Damas avtomobilining to‘rt o‘rinli modifikasiyasini (o‘rindiqlar uchinchi qatorisiz) va bort qanotlarisiz Labo modellarini ishlab chiqarishni boshlaganini ma’lum qildi.
Avtokompaniya bu o‘zgarishlarni “bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib” amalga oshirganini ta’kidlamoqda.  

Shuningdek, mazkur avtomobillar o‘rta va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish maqsadida ishlab chiqarilayotgani aytildi.

Qayd etilishicha, avtomobillar uchun shartnomani 2021-yil iyul oyining beshinchi sanasidan e’tiboran kompaniyaning rasmiy dilerlaridan olish mumkin bo‘ladi.

Yangilangan avtomobillar xaridorlarga quyidagi narxlarda taqdim etiladi:

Damas – 77 790 000 so‘m.
Labo – 76 891 000 so‘m.