UzAuto Motors Moskvada yana bir avtosalon ochdi

  • 12:11 / 08.01.2020
  • 542

6-yanvar kuni Moskvada Ravon avtomobillari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yana bir avtosalon ish boshladi.

“Avtosalonda xaridorlar Ravon brendining barcha modellar qatori bilan tanishishlari, avtosalon mutaxassislaridan malakali xizmat va maslahat olishlari hamda test-drayvdan o‘tishlari mumkin. Avtomobillarning omborda mavjudligi xaridorga istalgan modeldagi avtomobilni qisqa muddatlarda xarid qilish imkonini beradi”, deyiladi xabarda.

Salonda shuningdek, Trade-in xizmati mavjud bo‘lib, uning yordamida mijozlar xarid jarayonini yanada osonlashtirishlari hamda eski avtomobillarini yangisiga almashitirishlari mumkin. Avtosalon avtomobillar savdosidan tashqari ularni kreditga berish xizmatini ham taklif qilmoqda.