UzAuto Motors yangi – Chevrolet Onix avtomobilini ishlab chiqarishni boshlaydi

  • 16:47 / 16.07.2021
  • 530

UzAuto Motors yangi – Chevrolet Onix avtomobilini ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, kompaniya birinchi bosqichda Chevrolet Onix hamda Tracker modellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.

Chevrolet Onix va Tracker modellarini o‘zlashtirish doirasida ishlab chiqarish imkonini beradigan o‘rnatish va ishga tushurish ishlari joriy yilning 15 iyul sanasidan – 21-avgust sanasigacha rejalashtirilgan. 

UzAuto Motors’ning Asaka shahridagi zavodida yangi platformani joriy etish dasturini amalga oshirish uchun qo‘shimcha tarzda yana 500 nafarga yaqin xorijiy mutaxassislar jalb qilindi. 

Ta’kidlanishicha, UzAuto Motors tayyor mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha barcha shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlaydi. Rejalashtirilgan modernizasiya ishlari oldindan tuzilgan transport vositalarini yetkazib berish jadvaliga ta’sir qilmaydi.

Ma’lumot uchun, Chevrolet Onix va Tracker bitta platformada yig‘iladi.