“Uzbekistan airways”ni transformatsiya qilish orqali $46,5 mln tejaladi – Prezident

  • 09:26 / 20.04.2021
  • 106

prezident.uz

Prezident 19-aprel kuni “Uzbekistan airways” hamda “Uzbekistan airports” aksiyadorlik jamiyatlarini transformatsiya qilish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi.

Aviakompaniyalarni transformaеsiya qilishda asosiy e’tibor iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan. Masalan, “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati xarajatlarini 46,5 million dollarga qisqartirish hisob-kitob qilingan. Buning uchun kompaniya va uning tarkibidagi tashkilotlarda ish o‘rinlarini optimallashtirish, foydalanilmayotgan 12 ta samolyotni tasarrufdan chiqarish, aviachiptalarni xorijda sotish bo‘yicha agentlar komissiyasi foizini tushirish mo‘ljallanmoqda.

Shuningdek, daromadlarni yiliga 40 million dollarga ko‘paytirish maqsad qilingan. Buning uchun talab yuqori bo‘lgan shaharlarga charter parvozlarni va yangi yo‘nalishlar bo‘yicha kargo tashuvlarini amalga oshirish, barcha mahalliy reyslarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish va joylarni tanlash imkoniyatini joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2018-yil 27-noyabrda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi negizida ikkita – “Uzbekistan airways” hamda “Uzbekistan airports” aksiyadorlik jamiyatlari tuzilgan edi.