Uzoq kutilgan voqea sodir bo‘ldi. Putin va Bayden yuzma-yuz uchrashdi

  • 16:33 / 16.06.2021
  • 328

Uzoq kutilgan voqea sodir bo‘ldi. Putin va Bayden yuzma-yuz uchrashdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Bayden uchrashdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
 
Ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi uch qismdan iborat boʻladi: birinchisi qisqa hamda tanaffuslarni oʻzi ichiga olgan yana ikkita katta qism.
 
Ma’lum qilishicha, uchrashuv umumiy hisobda taxminan 4 soat 45 daqiqa davom etishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot oʻrnida, Putin Bayden bilan uchrashuvdan nima kutayotganini maʼlum qilgandi. U tomonlarni qiziqtirgan masalalar qatoriga strategik barqarorlik, mintaqaviy mojarolar mavzusi, atrof-muhitni muhofaza qilish choralari, shuningdek, iqtisodiy sohadagi hamkorlikni kiritgan. Shu bilan birga, tomonlar sammitda eʼtibor qaratadigan 3 ta asosiy masalani keltirib oʻtgan.