Uzoq vaqt kutilgan jang 3 daqiqaga bormay Shohjahon Ergashev foydasiga yakunlandi

  • 10:48 / 12.06.2021
  • 205

Uzoq vaqt kutilgan Shohjahon Ergashev hamda tanzaniyalik Salimo Jengo o‘rtasidagi jang 3 daqiqaga bormay Ergashev foydasiga yakunlandi.

Tanzaniyalik raqibga qarshi kechgan bahsda hakam farg‘onalik bokschining ketma-ket zarbalaridan so‘ng 1-raunddayoq jangni to‘xtatib qo‘ydi. Bu esa nafaqat tanzaniyalik bokschi, balki arenaga yig‘ilgan muxlislar va Shohjahonning jamoasi noroziligiga ham sabab bo‘ldi. 
 
Ma‘lumot uchun, jangdan so‘ng Shohjahon o‘z Instagram sahifasida “Men sudiyadan noroziman” degan post qoldirdi.

Ulardan tashqari quyidagi juftliklar ringga ko‘tarildi:
Sergey Vorobev (Rossiya) - Aleksandr Juravskiy (Qozog‘iston)
Ulug‘bek Haqberdiev (O‘zbekiston) - Dmitriy Atroxov (Belarus)
Vladimir Mironenko (Rossiya) - Bekzod Qodirov (O‘zbekiston)
Jamshidbek Najmiddinov (O‘zbekiston) - Merab Turkadze (Gruziya)
Botirjon Zokirov (O‘zbekiston) - Aleksandr Saltikov (Rossiya)
Asrorbek Rahimov (O‘zbekiston) - Ismoiljon Holiqov (O‘zbekiston)