Valyuta ayirboshlash bankomatlarini izlash uchun Telegram bot ishga tushirildi

  • 09:52 / 10.06.2020
  • 748

Jismoniy shaxslarga valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Markaziy bank tomonidan avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlarining joylashuv manzili bo‘yicha @uz_avtovash_bot Telegram boti ishga tushirildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
 
Ta’kidlanishicha, ushbu bot orqali 24/7 rejimda ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlarini banklar va hududlar kesimida izlash (shahar va tuman bo‘yicha) imkoniyati mavjud. 

Bankomatlar joylashgan manzillar to‘g‘risidagi ma’lumotlar doimiy ravishda yangilanadi.