Vaqtinchalik banklar va mobil ilovalar orqali ma’muriy jarimalarni to‘lash imkoni bo‘lmaydi

  • 14:47 / 08.04.2021
  • 93

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lum qilishicha, dyhxx.ejarima.uz tizimini modernizatsiya qilish va takomillashtirish ishlari amalga oshirilishi sababli tizim 2021-yil 7-aprel kuni soat 22:00dan 11-aprel kuni soat 16:00ga qadar vaqtincha ishlamaydi.

Ma’lum qilinishicha, texnik ishlar vaqtida — joriy yilning 9–11-aprel kunlari Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring (MUNIS) tizimi orqali “0210-MVD oplata shtrafov” xizmatlar yetkazib beruvchisiga ma’muriy huquqbuzarliklar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan jarima to‘lovlari qabul qilinmaydi.