Varikoz kasalligi: Tavsiya va taqiqlar

  • 21:09 / 18.07.2021
  • 276

Varikoz – 30 yoshdan oshgan odamlar orasida keng tarqalgan kasalliklardan biri boʻlib, u oyoqdagi vena tomirlarining zararlanishi hisobiga yuzaga keladi.

Varikozda quyidagilar taqiqlanadi:

1. Uqalash muolajalari

Bu turdagi muolajalar avvaliga oyoqdagi shishlarni bartaraf etsa ham, keyinchalik venalar salomatligiga zarar yetkazadi.

2. Issiqlik

Varikozga chalingan insonlar issiqlikdan imkon qadar qochishlari kerak. Ularga issiq hammomda uzoq vaqt qolib ketish tavsiya etilmaydi. Tomirlar salomatligini qayta tiklashda kontrast dush yordam beradi.

3. Koʻp vaqt davomida oʻtirib ishlash

Varikoz kasalligidan aziyat chekuvchi bemorlar doimiy ravishda jismonan faol holatda boʻlishlari shart. Shu sababli ularga uzoq vaqt davomida oʻtirib ishlash tavsiya etilmaydi. Ammo, sport bilan shugʻullanishda koʻp yugurish, ogʻir atletika va sakrash mashqlaridan ham tiyilganlari maʼqul.

 

Ushbu tavsiyalarga amal qiling:
• Shifokor nazorati ostida kerakli dori-darmonlarni qabul qiling.
• Maxsus golfi va paypoq kiying.
• Vaqti-vaqti bilan oyoqlaringizni balandroqqa koʻtarib dam oling.
• Imkon boricha koʻproq meva hamda sabzavotlar tanovul qiling.

 

Quyidagilar esa taqiqlanadi:

• Baland poshnali poyabzallardan butunlay voz keching.

• Uzoq vaqt davomida oʻtirib ishlasangiz, oʻrtada tanaffus qilish kerakligini unutmang.

• Ogʻir buyumlar koʻtarishdan tiyiling.

Shuni unutmangki, varikozni turli kapsula hamda tabletkalar yordamida davolab boʻlmaydi. Ular faqatgina kasallikning alomatlarini yoʻq qilishga yordam beradi, xolos. Varikoz bilan zararlangan vena tomirlari vaqt oʻtib koʻrinmay qolishi mumkin. Ming afsuski, venalar varikozida tromboz xavfi ham oshib ketadi. Shu sababli kasallikning ilk alomatlari koʻzga tashlanishi bilan shifokorga murojaat qiling.