“Vatandoshlar” jamoat fondi Boshqaruv raisi tayinlandi

  • 07:19 / 22.09.2021
  • 118

Sattarov Odiljon Berdimuratovich “Vatandoshlar” jamoat fondi Boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Odiljon Sattarov “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur jamoat fondi Vasiylik kengashiga rais O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev tayinlangan edi.